"Bayer" Frantsiya terma jamoasi himoyachisi transferini yakunlashga yaqin turibdi

"Sevilya" markaziy himoyachisi Loik Bade faoliyatini Germaniya Bundesligasi grandi safida davom ettirishi mumkin.
L'Equipe xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsuz 30 million evro evaziga "Bayer"ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvning so'nggi detallarini hal qilmoqda.
Bade "dorishunoslar" bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan.