Leverkuzenning "Bayer" klubi darvozaboni Lukash Gradetski faoliyatini "Monako"da davom ettiradi.

35 yoshli finlyandiyalik golkiper bugun frantsuz klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kelishuv deyarli yopildi.

Gradetski transferi "Monako"ga 2,5+1 million evroga tushadi. Shartnoma 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yilga mo'ljallangan bo'ladi.