"Bayer" Bundesligada transferlarga eng ko'p mablag' sarflagan klub bo'lib turibdi

"Bayer" joriy transfer oynasida futbolchilar uchun xarajatlar bo'yicha Bundesliga jamoalari ro'yxatini boshqardi. Bu haqda "Transfermarkt" portali e'lon qilgan ma'lumotlarda keltirilgan.
Manbaga ko'ra, "Bayer"ning xarajatlari 101,75 million evroga teng. Jamoaning xaridlari orasida hujumkor yarim himoyachi Malik Tillman va markaziy himoyachi Jarell Kuansa kabi futbolchilar bor.
Ikkinchi o'rin 92 million evrolik o'yinchilar olgan "RB Leyptsig" klubiga nasib etdi.
Kuchli uchlikni 57,25 million evro sarflagan "Borussiya" yakunlab berdi. Shuningdek, kuchli o'nlikdan "Volfsburg" (37,15 million), "Frayburg" (32,7 million), Frankfurtning "Ayntraxt" (31,6 million), "Shtutgart" (18 million), "Augsburg" (14,7 million), "Xoffenxaym" (13,75 million) va "Union" (13,4 million) klublari joy olgan.