"Bayer" bugun ikki yangi futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazadi

Leverkuzenning "Bayer" klubi ikki transferni yakunlashga yaqin turibdi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, bugun "dorishunoslar" "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverri va "Sevilya" himoyachisi Loik Badening transferini yopish uchun ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazadi.
Echeverri 1 yilga sotib olish imkoniyatisiz ijaraga olinmoqda. Bade esa 29+4 million evroga sotib olinmoqda.