"Bayer" Buananotte variantiga qiziqish bildirmoqda

Germaniyaning "Bayer" klubi Angliyaning "Brayton" klubidan Fakundo Buonanotteni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. O'ng qanot hujumkor yarim himoyachisiga bo'lgan qiziqish haqida Kicker nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Liverpul"ga o'tgan Florian Virtsning o'rnini "Bayer" qanchalik to'ldira olishi ko'p jihatdan ushbu kreativ futbolchining transferiga bog'liq bo'ladi.
"Bayer" shuningdek, "Monako"dan Magnes Akliush nomzodini ham o'rganib chiqmoqda, biroq hozirda transfer Frantsiya chempionati vakillarining 50 million evrodan yuqori moliyaviy talablari tufayli amalga oshmayapti.
"Brayton" Buonanotteni ijaraga bermoqchi yoki qimmatga sotmoqchi. Katta ehtimol bilan jamoa 20 yoshli argentinalik futbolchi uchun 45 million evro so'raydi.