"Bayer" bosh direktori: "Bavariya" Virtsni sotib olishga ishongan edi"

"Bayer" bosh direktori Fernando Karro "Bavariya" bilan Florian Virts bo'yicha muzokaralarni yodga oldi.
Myunxen grandi 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun kurashda "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Bavariya"da Florian ularni tanlashiga ishonchlari komil edi. Shunda men ularga: "Bizda boshqa ma'lumotlar bor," dedim," - deya Karroning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Florian Virtsning transferi "Liverpul"ga bonuslarsiz rekord darajadagi 125 mln evroga tushdi. O'yinchining otasi uni loyihaning sport komponenti jalb qilganini tan oldi. "Bavariya" uzoq vaqt davomida yosh germaniyalik yulduz uchun asosiy da'vogar bo'lib kelgandi.