"Bayer" asosiy markaziy himoyachisini sotish niyati yo'q

"Bayer" himoyachisi Pero Inkapiega APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Leverkuzenliklar Ekvador terma jamoasining 23 yoshli futbolchisini sotmoqchi emas, chunki "dorishunoslar"ning yangi murabbiyi Erik ten Xag Inkapiega jamoaning etakchi futbolchilaridan biri sifatida qaramoqda, deydi insayder Fabritsio Romano.
Avvalroq, himoyachiga "Real" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.