"Bavariya" vingerini ingliz klubiga sotadi

"Bavariya" 19 yoshli futbolchini Angliyaga sotadi.
Myunxen klubi va "Uotford" Nestori Irankunda transferi bo'yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Bitim qiymati 4 million evroni tashkil etadi, "Bavariya" vingerni qayta sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Agar futbolchi boshqa klubga sotilsa, nemislar bitim summasining 50 foizini oladi.
Yanvar oyidan boshlab Irankunda "Grasshopper"da ijara asosida o'ynadi. Shveytsariya chempionatining 19 ta o'yinida u 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.