"Bavariya" vingerini Angliyaga 2,5 million funt evaziga sotib yubordi

"Uotford" "Bavariya"ning avstraliyalik 19 yoshli o'ng qanot vingeri Nestori Irankundani o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Futbolchi ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Klublar o'rtasidagi kelishuvning moliyaviy tafsilotlari rasman ma'lum qilinmagan, biroq Sky Sports jurnalisti Entoni Jozefning ma'lum qilishicha, "Uotford" Irankunda uchun 2,5 mln funt (2,85 mln evro) to'lagan.
Shu bilan birga, avvalroq insayder Fabritsio Romano transfer qiymati 4 million evroni tashkil etishi mumkinligi, "Bavariya" esa futbolchining keyingi transferidan 50% olishi haqida yozgandi.
Irankunda "Bavariya"ning asosiy jamoasida o'ynamagan. U "Bavariya U-19" va "Bavariya-2" jamoalarida o'ynagan.