«Bavariya» «Chelsi» hujumchisi Kristofer Nkunkuni sotib olishga qaror qildi.

Myunxenliklarning asosiy maqsadi "Shtutgart"dan Nik Voltemade edi, biroq transfer amalga oshmay qoldi.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" endi Nkunkuni sotib olishga qaror qilgan.

27 yoshli frantsiyalik futbolchining o'zi ham bir necha bor ta'kidlanganidek, faoliyatini Myunxenda davom ettirmoqchi va transferga rozi bo'lgan.

Klublar o'rtasida hali kelishuvga erishilgani yo'q, ammo muzokaralar davom etmoqda.