"Bavariya" taklifini 80 million evrogacha oshirdi

"Bavariya" Luis Dias bo'yicha taklifni yaxshilaydi.
Avvalroq, "Liverpul" kolumbiyalik vingerni 67,5 million evroga sotishdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, myunxenliklar yangi taklif bilan chiqishadi va 80 mln evrogacha to'lashga tayyor.
Dias o'tgan mavsum APLda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.