"Bavariya" "RB Leyptsig" etakchilaridan biriga ko'z tikdi

Xavi Simons Germaniya chempioni safiga qo'shilishi mumkin.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, "Bavariya" xavbek uchun so'rov yuborgan. 22 yoshli yarim himoyachi "RB Leyptsig"ni mavsum yakunlariga ko'ra evrokuboklarga chiqa olmagan jamoasini o'zgartirish istagi haqida ogohlantirdi.
Simons 2025 yilning yanvarida 1,5 yillik ijaradan so'ng "PSJ"dan 50 million evroga sotib olingan. O'tgan mavsumda u Germaniya chempionatida 25 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.