"Bavariya" rahbariyati klub sport direktoridan norozi

"Bavariya" rahbariyati Maks Eberlning ishidan norozi.
Myunxen klubi vinger Kingsli Komanni bonuslar bilan birga 35 million evroga "An-Nasr"ga sotadi.
Qayd etilishicha, "Bavariya" rahbariyati klub sport direktori Maks Eberl kelishib olgan shartlardan qoniqish hosil qilmayapti.
Katta ehtimol bilan, transfer summasi futbolchi uchun ko'proq pul olmoqchi bo'lgan "Bavariya" rahbariyatini qoniqtirmaydi, deb yozadi Get Football News Germany Kicker’ga tayanib.