"Bavariya" Palinyani "Tottenxem"ga ijaraga berdi

Joau Palinya "Tottenxem"ga o'tdi. Ingliz klubi "Bavariya" yarim himoyachisini sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini e'lon qildi.
Insayder Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, myunxenliklar bonuslarni hisobga olgan holda 5 mln evrogacha pul olishadi. Sotib olish optsiyasi faollashtirilgan taqdirda "Tottenxem" yana 25 mln o'tkazadi, shuningdek, 5 mln evrogacha qo'shimcha to'lovlar ham ko'zda tutilgan.
Londonliklar xavbekning barcha maoshini o'z zimmalariga olishadi.