"Bavariya" "Shtutgart" hujumchisi Nik Voltemade transferini amalga oshirishga harakat qilmoqda.

Florian Plattenberg xabariga ko'ra, myunxenliklar "Shtutgart"ga 60 million evro + keyingi sotuvdan foiz taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.

Klub hujumchi uchun 75 million evro talab qilmoqda.

"Bavariya" bunday summani to'lashga tayyor emas.