"Bavariya"ning 2024/25 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb Maykl Olise topildi.

23 yoshli frantsiyalik futbolchi muxlislar ovozi bo'yicha barcha ovozlarning deyarli yarmini qo'lga kiritdi – 44,8 foiz, klub afsonasi Tomas Myuller (18,7 foiz) va jamoa to'purari Garri Keyn (9,4 foiz)dan o'zib ketdi.

Olise Myunxen klubiga 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan kelib qo'shilgan va debyut mavsumini ajoyib o'tkazgan: 55 o'yinda 20 gol va 23 golli uzatma.

Shuningdek, u mavsum davomida uch marta "Bavariya"ning oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.