"Bavariya" Luis Diasga Frantsiyadan muqobil variant topib qo'ydi

Myunxenning "Bavariya" klubi agar "Liverpul" Luis Diasni qo'yib yubormasa, unga muqobil futbolchi topib qo'ydi.
Germaniya klubi Frantsiyaning "Lion" klubi chap qanot vingeri Malik Fofanani diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
20 yoshli futbolchi 2024/2025 yilgi mavsumda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fofananing klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Uning bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.