"Bavariya" Luis Dias uchun 80 million evrodan ko'p to'lamaydi

"Bavariya" Luis Dias uchun 80 mln evrodan ortiq to'lashga tayyor emas.
Sport Bild xabariga ko'ra, klub "Liverpul"dan vingerning ehtimoliy transfer summasi va uning maoshi miqdorining chegarasini belgilagan. Transfer summasi 75 mln evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" va "Liverpul" turli variantlarni, jumladan, Diasning keyingi sotuvi foizini muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, myunxenliklar kolumbiyalik futbolchining transferini 7-10 kun ichida amalga oshirishga umid qilmoqda.