"Bavariya" Komanning "An-Nasr"ga transferiga yashil chiroq yoqdi

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman "An-Nasr"ga o'tadi. Myunxen grandi frantsiyalik futbolchining Saudiya Arabistoni klubiga transferini ma'qulladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 29 yoshli futbolchi yaqin soatlar ichida Germaniyani tark etadi. Bitim shartlari allaqachon kelishilgan, bu haqda o'tgan hafta xabar berilgan edi.
Kingsli Koman "An-Nasr" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. "Bavariya" futbolchini sotishdan 30 mln evro ishlab oladi.
Kuni kecha "Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Komanning ketishi haqidagi savolga javob berar ekan, erishilgan kelishuv va tez orada sotilishini tasdiqlashdan bosh tortgandi.