“Bavariya” Koman bilan butkul aloqalarni uzgan ko'rinadi

Myunxenning “Bavariya” klubi Kingsli Komanning yaqin orada sotilishini tasdiqlashdan bosh tortdi.
Yaqinda matbuot 29 yoshli vingerning Saudiya Arabistoniga ketishi haqida xabar tarqatdi.
Taxminlarga ko'ra, futbolchi allaqachon "An-Nassr"ga o'tishga rozi bo'lgan. Seshanba kuni myunxenliklar “Grasxopper”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va frantsiyalik futbolchi hattoki zaxira o'rindig'ida ham yo'q edi. Koman kasal. Agar sog'lom bo'lganida, u jamoada bo'lardi", - deydi sport direktori Kristof Froynd.