“Bavariya” Keynga o'rinbosar sifatida iste'dodli hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Myunxenning “Bavariya” jamoasi “Shtutgart” forvardi Nik Voltemadeni transfer qilish arafasida turibdi.
Italiyalik insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, “qizillar” Voltemadeni 50 million evro evaziga sotib olishi mumkin. Klublar asosiy shartlar borasida kelishib bo'lgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya manbalari avvalroq “Shtutgart” 50+5 million evroli taklifdan qoniqmagani haqida xabar bergan edi.
Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Nik Voltemade 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan. Moliyaviy jihatlari hozircha oshkor qilinmagan.
Manba: isport.ua