"Bavariya" Jeksonga qiziqmoqda

Nikolas Jeksonga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, so'nggi soatlarda nemis klubi "Chelsi" forvardining hozirgi holati va narxi bo'yicha so'rov yuborgan. Shuningdek, Jeksonga "Nyukasl" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Jekson "Chelsi"ni tark etishga yaqin turibdi. Potentsial transfer qiymati taxminan 65 mln evroga baholanmoqda.
APLning o'tgan mavsumida 24 yoshli senegallik 30 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.