"Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Jamol Musiala jarohati sabab 4-5 oyga safdan chiqdi.

Sport1 nashri xabariga ko'ra, myunxenliklar endi uning o'rniga "Barselona" futbolchisi Fermin Lopesni sotib olishni istamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchisini kamida 70 million evroga baholamoqda. Ferminning o'zi klubdan ketmoqchi emas.