"RB Leyptsig"dan Xavi Simons va Londonning "Chelsi" klubidan Kristofer Nkunku "Bavariya" e'tiborida qolmoqda. Myunxen grandi sport bo'limi boshlig'i lavozimini egallab turgan Maks Eberl niderlandiyalik va frantsiyalik futbolchining vakillar bilan aloqada bo'lib turibdi, ammo har ikki futbolchi ham "Bavariya" uchun ustuvor transfer maqsadlari hisoblanmaydi, deya xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg.

22 yoshli hujumkor yarim himoyachi va 27 yoshli hujumchi bo'yicha aniq muzokaralar boshqa futbolchilarni o'z safiga qo'shib ololmagan taqdirdagina boshlanishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlari Xavi Simonsning narxini 70 mln evroga, Kristofer Nkunkuning narxini esa 35 mln evroga baholamoqda.