"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta jamoa etakchisi rolini qanday tushunishi haqida gapirdi.

Futbolchi Myunxen klubiga shu yilning yozida kelib qo'shildi, u avval "Bayer"da 10 yil o'ynagan.

"Senda etakchilik qobiliyati bo'lsagina etakchi bo'la olasan. O'zing qilmagan narsani boshqalardan talab qila olmaysan.

Men eng yuqori saviyada o'ynashni, professional bo'lishni istayman - har bir o'yinda o'ta konsentratsiyali bo'lishni xohlayman - shundagina boshqalardan buni kutishim va ularni muvaffaqiyat sari undashim mumkin.

Men tabiatan motivator va ilhomlantiruvchiman. Men buni asosan muloqot orqali qilaman, lekin eng baland ovozda gapirish shart emas.

Muayyan vaziyatlarda o'z fikrlarimni aniq ifodalash va xotirjamlikni saqlash muhimroqdir", - deya Taning so'zlarini keltiradi «Bavariya» rasmiy sayti.