"Bavariya" himoyachisi Devis jarohatidan tiklanish jarayoni qanday kechayotganini gapirib berdi

"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis reabilitatsiya jarayoni haqida gapirdi.
Mart oyida 24 yoshli futbolchi Kanada terma jamoasi bilan o'yinda xochsimon payidan jarohat olgan edi. Futbolchining safga qaytishi kuzga rejalashtirilgan.
"O'zimni baxtli his qilyapman. Tizzam endi yaxshi, mushaklarim tiklanmoqda. Hozirgi holatimdan mamnunman. Tez orada maydonga qaytishimdan xursandman. Yana biroz kutishga to'g'ri keladi, ammo bu muddat avvalgi davr fonida qo'rqinchli ko'rinmayapti," - deya kanadalikning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.