"Bavariya" himoyachisi APLga o'tadi

"Everton" "Bavariya" bilan chap qanot himoyachisi Adam Aznuni transfer qilishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, klublar o'zaro kelishuvga erishib, hujjatlar almashmoqda. Futbolchi kelishuvga rozi bo'ldi.
Transfer summasi 9 mln evro va bonuslar ko'rinishida 3 mln evroni tashkil etadi. Aznu keyingi 24-48 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Adam 2022 yilning iyulidan beri "Bavariya" tarkibida. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portali uni 4 mln evroga baholamoqda.