"Bavariya" o'z rasmiy saytida bayonot bilan chiqdi. Myunxen jamoasi yarim himoyachisi Tom Bishof shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi - uning ko'richagi operatsiya qilindi.

Shu tariqa, 20 yoshli Bishof Germaniya chempionatining ilk turidan o'rin olgan "RB Leytsig"ga qarshi o'yinda "Bavariya"ga yordam bera olmaydi. O'yin 22 avgust, juma kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Tom Bishof iyun oyida "Xoffenxaym"dan "Bavariya" tarkibiga qo'shilgan edi.