Adam Aznu "Bavariya"dan "Everton"ga o'tdi.

Ingliz klubi 19 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma imzolashdi.

Avvalroq, "Everton" futbolchi uchun 9 million evro to'lashi, yana 3 millioni esa bonus sifatida to'lanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Shu yilning fevral oyidan beri marokashlik futbolchi "Valyadolid" safida ijara asosida o'ynab kelayotgandi.