"Bavariya" futbolchisi Angliyaga qaytishga tayyor

"Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinya Angliyaga qaytish istagida.
Myunxenliklar joriy transferlar davrida 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Portugaliyalikning o'zi ketishga shoshilmayapti, ammo "Bavariya" uni sotishga qaror qilsa, Premer-ligaga qaytishdan xursand bo'ladi, deb yozadi jurnalist Frank Linkesh. Xavbekka "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
O'tgan yilning yozida "Bavariya" Joau Palinyani "Fulxem"dan 51 mln evroga sotib olgandi. Taxminlarga ko'ra, agar u sotilsa, nemis grandi futbolchi uchun taxminan ikki baravar kamroq pul so'raydi.