"Bavariya" Dias uchun "Liverpul"ga 52 mln evro taklif qildi

"Bavariya" Luis Dias transferi ustida faol ishlashga o'tdi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko'ra myunxenliklar "Liverpul"ga dastlabki 52 mln evrolik taklifni yuborishgan. Ular 60 mln evro va bonuslardan ortiq to'lamoqchi emas.
Kolumbiyalik futbolchining vakillari uning hozirgi jamoasi rahbariyatiga futbolchining Germaniya chempionlari safiga o'tish istagini bildirgan.