"Bavariya" darvozaboni Bundesliganing boshqa jamoasiga o'tdi

"Gamburg" Myunxenning "Bavariya" klubi darvozabonlaridan biri Daniel Peretsni o'z safiga qo'shib oldi. 25 yoshli darvozabon bilan kelishuv, avval kutilganidek, bir mavsumga mo'ljallangan.
Perets "Bavariya"ga ikki yil oldin Tel-avivning "Makkabi" klubidan o'tgan edi. O'tgan mavsumda isroillik futbolchi "Bavariya" safida jami oltita o'yinda maydonga tushib, ettita gol o'tkazib yuborgan.
"Gamburg" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Bundesligaga qaytishga muvaffaq bo'ldi.