"Bavariya" "Chelsi" himoyachisini nishonga oldi

Londonning "Chelsi" klubi markaziy himoyachisi Renatu Veyga Bundesliga grandi safiga yo'l olishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" "aristokratlar"dan 21 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi.
Hozirda Veyga Transfermarkt portalida 25 million evroga baholanmoqda. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.