"Bavariya" "Chelsi" 40 million evro talab qilayotgan futbolchi uchun ilk taklifini yuboradi

"Bavariya" Kristofer Nkunku transferini ko'zlamoqda.
SportMediaset nashri jurnalisti Oratsio Akkomandoning xabar berishicha, yaqin kunlarda myunxenliklar 27 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun dastlabki taklifni yuboradi. "Chelsi" 40 million evro talab qilmoqda.
Agar kelishuvga erishilsa, londonliklar Xavi Simonsni qo'lga kiritish bo'yicha ish boshlaydi.
Sky Sports jurnalisti Kave Solekolning ma'lum qilishicha, "Bavariya" Nkunkuni ijaraga olishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Klub ham, futbolchining o'zi ham hozircha to'laqonli transferni ma'qul ko'rmoqda.