Joau Palinya Angliya Premer-ligasiga qaytmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 30 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi allaqachon "Tottenxem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan.

Tez orada bitim uzil-kesil yopiladi. "Tottenxem" Palinyani "Bavariya"dan 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Sotib olish majburiy bo'lmaydi.

"Tottenxem" o'tgan mavsumda Premer-ligada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, atigi 17-o'rinni egallagandi. Shu bilan birga, jamoa Evropa ligasida g'olib chiqdi va buning evaziga Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi. Yozda "shporlar"ni Tomas Frank qabul qilib oldi.