"Bavariya" 1920 yillar logotipi tushirilgan uchinchi formasini taqdim etdi

"Bavariya" mavsumdagi uchinchi libosini taqdim etdi.
Futbolka katak naqshli qora rangda ishlangan. Manjetlar va yoqalarda qizil naqsh va yashil qo'shimchalar mavjud.

Futbolka dizayni "Bavariya" muxlislari g'alabalarni nishonlash uchun yig'iladigan Myunxendagi mashhur Marienplas maydoniga hurmat bajo keltiradi.
Libosda 1920 yillardagi "Bavariya" retrologotipi ishlatilgan.