"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomani bekor qiladi

"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Oriol Romeu bilan amaldagi shartnomani bekor qiladi.
Relevo xabariga ko'ra, 33 yoshli ispaniyalik bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomaning bekor qilinishi evaziga "ko'k-anorranglilar" kichik tovon puli to'laydi.
Hozirda Romeu o'ziga yangi jamoa qidirmoqda. U La Ligada "Barselona" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilmagan.