"Barselona" yangi homiylik shartnomasi imzoladi

Kataloniyaning "Barcelona" klubi Kongo Demokratik Respublikasida turizmni rivojlantirish uchun 30 million evrolik foydali shartnoma imzoladi, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Klub futbolkalari engiga "DRC, the heart of Africa" (Kongo Afrika yuragi) shiorini joylashtirib, uch yil davomida yiliga 10 million evrodan ishlab oladi.
Kongo sport va turizm vaziri Dider Budumbu kelishuvni yakunlash uchun yaqinda Barselonaga tashrif buyurdi.