"Barselona" xorvatiyalik 18 yoshli xavbek transferini hal qildi

"Barselona" o'z safiga xorvatiyalik yosh iqtidor egasi Lovro Chelfini qo'shib oladi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
18 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi "Kustoshia" jamoasi a'zosi hisoblanadi. U o'tgan mavsumda jami 11 ta o'yinda 711 daqiqa maydonda harakat qilib, 1 ta gol urdi.