Kataloniyaning "Barselona" klubi rasmiy saytida 18 yoshli xorvatiyalik hujumkor yarim himoyachi Lovro Chelfi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasida harakat qiladi va Xans-Diter Flik va uning yordamchilari doimiy kuzatuvida bo'ladi.

Lovro Xorvatiya futbolining kelajagi sifatida ko'rilmoqda. U "Kustosiya" jamoasidan "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shildi. Transfer summasi aniq emas.