"Barselona" va "Real" afsonalari14 sentyabr kuni "Inter Mayami" stadionida o'yinin o'tkazadi

"Barselona" afsonalar ishtirokidagi ikkita klasiko e'lon qildi.
Kataloniyaliklar "Real"ning sobiq yulduzlariga qarshi o'yinlar 10 va 14 sentyabr kunlari AQShda bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Birinchi o'yin "Nyu-York Red Bulls" arenasida, ikkinchisi "Inter Mayami" stadionida bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, "ko'k-anorranglilar" ustozi Albert Ferrer Rivaldo, Klaudio Bravo va Paulinoni maydonga tushirishi mumkin. To'liq tarkiblar hozircha noma'lum.