"Barselona" o'zining rasmiy saytida jamoa afsonalarining Madridning "Real" klubiga qarshi o'yinlari haqida ma'lum qildi. Sentyabr oyida AQShda afsonalar darajasida ikkita "el klasiko" bo'lib o'tadi: 9 sentyabr kuni Nyu-Jersida va 13 sentyabr kuni Floridada.

"Barselona" safida Rivaldo, Adriano, Klaudio Bravo va Paulino o'ynaydi. Kataloniyaliklar jamoaning to'liq tarkibini keyinroq e'lon qilishga va'da berishdi.

Eslatib o'tamiz, La Ligada mavsumning ilk "klasiko"si oktyabr oyi oxirida Madridda bo'lib o'tadi. O'yin - 26 oktyabr kuni bo'ladi.