"Barselona" X ijtimoiy tarmog'ida bayonot e'lon qildi, unda "ko'k-anorranglilar" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bel qismidagi operatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazgani haqida xabar berdi.

"Birinchi jamoa posboni Mark-Andre ter Shtegen bel qismidagi navbatdagi operatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazdi. Bu operatsiyani doktor Ameli Legliz Bordo sport klinikasida klub tibbiy xizmati nazorati ostida amalga oshirdi. U o'yinlarda qatnasha olmaydi. Uning tiklanish jarayoni uning qachon qaytishi mumkinligini aniqlaydi", - deyiladi "Barselona" xabarida.

Oldinroq OAV 33 yoshli darvozabonning tiklanish davri to'rt oy bo'lishi mumkinligini xabar qilgandi.