"Barselona" Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida "Tegu" bilan kuch sinashdi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kataloniyaliklar safida Gavi (21, 45+2) dubl qayd etdi, Robert Levandovski (27), Toni Fernandes (54) va Markus Reshford (65) bittadan gol urdi.

"Ko'k-anorranglilar" navbatdagi o'yinini 11 avgust kuni "Komo"ga qarshi o'tkazadi.