"Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi va uning tovon pulini yarim milliard etib belgilaydi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachi Mark Bernal bilan shartnomani uzaytirmoqchi. El Chiringuito TV jurnalisti Xose Alvaresning X ijtimoiy tarmog'ida yozishicha, 18 yoshli tayanch yarim himoyachisi bilan yangi kelishuv joriy yilning avgust oyida imzolanadi.
Manbaga ko'ra, Bernalning "ko'k-anorranglilar" bilan yangi shartnomasi muddati to'rt yil - 2029 yilning yozigacha davom etadi. Shartnomada tovon puli sifatida 500 mln evro miqdoridagi band ko'rsatiladi. Ispaniyalik futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Mark Bernal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.