Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Fransisko Karrasko 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun kurashda favoritini aytdi. Usmon Dembele va Lamin Yamal o'rtasida frantsiyalik hujumchini tanladi.

"Oltin to'p"ni Dembelega bergan bo'lardim. Kelasi yili esa, umid qilamanki, mukofotni Yamal oladi. O'tgan mavsumda Usmon ko'proq narsaga erishdi. Vaholanki, Laminni yorqin o'yini va ulkan iste'dodi uchun mukofotlashlari mumkin," - deya Karraskoning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

O'tgan mavsumda Dembele "PSJ" bilan birgalikda Frantsiya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va UEFA Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.