"Barselona" Nunesni ancha yillar oldin o'ziga jalb qilmoqchi edi

"Barselona"ning sobiq sport direktori Ramon Planes "ko'k-anorranglilar"ning hujumchi Darvin Nunesga qiziqish bildirayotganini aytdi.
Kataloniyaliklar urugvaylik futbolchini Evropadagi birinchi klubi “Almeriya”da o'ynab yurganida o'ziga jalb qilishni rejalashtirgan edi.
O'sha paytda yosh va istiqbolli forvard uchun kurashda 2020 yilning sentyabr oyida "Benfika" g'alaba qozongan edi.
"Men Nunesni "Almeriya"da o'ynayotganida "Barsa"ga o'tkazmoqchi edim. Mening rejam uni kichik pulga sotib olish va "Almeriya"da ijara asosida qolishiga ruxsat berish edi, shunda u muntazam o'ynashni va rivojlanishini davom ettirardi.
Ammo keyin "Benfika" keldi va unga 25 million evro to'ladi", dedi Planes.