"Barselona"ning yangi vingeri: "Hozirgi hislarimni tasvirlashga so'z etmaydi"

"Barselona" yaqinda "Kopengagen"dan qanot vingeri Runi Bardjini sotib oldi.
Shvetsiyalik futbolchi transferidan so'ng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozirgi hislarimni tasvirlashga so'zlarim etmaydi, men juda xursandman va bu men va oilam uchun katta kun. Bu bolalikdagi orzum va shu erda turish ajoyib.
Bu katta ish, menimcha, bu erda faqat ikki-uch nafar shved futbolchisi o'ynagan va men to'rtinchisiman, shuning uchun bu men uchun va Shvetsiya uchun ham katta ish", - dedi Bardji klub telekanaliga bergan intervyusida.