"Barselona"ning yangi futbolchisi 13 yoshidan beri klub e'tiborida edi

"Barselona" uni o'z safiga qo'shib olishdan oldin ko'p yillar davomida Runi Bardjining rivojlanishini kuzatib bordi.
19 yoshli futbolchi iyul oyida "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilgandi. Sport nashrining ta'kidlashicha, Kataloniya grandi istiqbolli shvetsiyalikni olti yil davomida - 13 yoshidan buyon kuzatib kelgan. "Barsa" hatto vingerning og'ir jarohatdan tiklanish davridagi holati bilan ham qiziqdi.
Eslatib o'tamiz, Runi Bardji Kataloniyaga ko'chib o'tishidan oldin "Kopengagen" sharafini himoya qilgan. Yangi yulduzning transferi "Barselona"ga atigi 2,5 mln evroga tushdi, chunki futbolchining Daniya klubi bilan shartnomasi joriy yil oxirida tugaydi.