"Barselona"ning La Liga chempioni bo'lish imkoniyatlari ancha yuqori (Superkompyuter)

Bir necha kundan so'ng Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi boshlanadi. Juma kuni "Jirona" va "Rayo Valekano" o'rtasidagi ochilish o'yini bo'lib o'tsa, shanba kuni "Barselona" safarda "Malorka"ga qarshi chempionlik himoyasini boshlaydi.
Opta superkompyuterining hisob-kitoblariga ko'ra, aynan "ko'k-anorranglilar" birinchi o'rinni egallash uchun eng katta imkoniyatga ega - 46,5%. Ikkinchi favorit esa Madridning "Real" klubi hisoblanadi - 32,1 foiz. Chempionlikka uchinchi da'vogar sifatida "Atletiko" ko'rsatilgan - 11,7%. Keyingi o'rinlarda "Vilyarreal" (3,7 foiz) va "Atletik" Bilbao (2,9 foiz).
O'tgan mavsumda "Barselona" "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirgan bo'lsa, 3-o'rinni egallagan "Atletiko" chempiondan 12 ochko ortda qoldi.